12:08 / 03.04.2020
4 015

Dehqonobodda qalin qor yog‘di (foto)

Dehqonobodda qalin qor yog‘di (foto)
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
Dehqonobodda joriy yilning 1 aprel kuni to‘rt fasl havosi kuzatilgan. Bu haqda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O‘ktam Toshboyev so‘zlab berdi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, tumanning tog‘li Oybek va Duob qishloqlarida 1 aprel kuni qalin qor yog‘gan.

«1 aprel kuni tumanimizning bir tomonida qor yog‘gan bo‘lsa, yana bir tomonida yomg‘ir, bir tomonida esa bulutli havo va yana bir chekkasida bahordan darak bo‘lgan tog‘ lolasini ko‘rdim», — deydi O‘ktam Toshboyev. — Dehqonobod tumanida bir vaqtning o‘zida to‘rt faslni kuzatish mumkin.

O‘ktam Toshboyevning yozishicha, hududda 11 ta maktab joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dehqonobodda qalin qor yog‘di (foto)