12:40 / 03.04.2020
7 432

Baliq ovi juda qimmatga tushdi

Baliq ovi juda qimmatga tushdi
Muborak tumani Qorabog‘ qishlog‘ida yashovchilar N.B., O.B. va U.N.lar baliq ushlash va noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibini buzishgani haqida Muborak tumani IIBga 2020 yil 1 aprel kuni xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular o‘zlari bilan olib borgan to‘rlardan ov quroli sifatida foydalanib, 2020 yil 31 yanvar kuni soat 06:00 lar chamasida Muborak tumani Yangiqoraqum qishlog‘i xududidan oqib o‘tuvchi zovur (kollektor)da O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi»ga kiritilgan 23 dona 35.903,0 ming so‘mlik «Turkiston mo‘ylovdori» baliqlarini va 23 dona 7.225,2 ming so‘mlik «Samarqand xramulya» baliqlarini ov qilishi natijasida tabiatga, hayvonot dunyosiga jami bo‘lib 43.128,2 ming so‘m zarar yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan N.U. va boshqalarga nisbatan O‘z.R JKning 202-m 3-q «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Baliq ovi juda qimmatga tushdi