15:13 / 03.04.2020
3 408

Shahrisabzda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er hibsga olindi

Shahrisabzda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er hibsga olindi
Illustrativ foto
Shahrisabzda turmush o‘rtog‘ini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan er hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shu yilning 1 aprel kuni kunduz soat 12:00lar chamasida shaharning Teparlik mahallasida yashovchi qirq olti yoshli U.Q. turmush o‘rtog‘i G.S. (1981 y.t.) bilan rashk negizida o‘zaro janjallashib ketadi. Buning oqibatida er avval ayolini stulga majburan o‘tkazib, qo‘l va oyoqlarini bog‘lab tashlaydi. So‘ng arqon bo‘laginining bir uchini uning bo‘yin sohasidan o‘tkazib (bo‘g‘ib) qasddan o‘ldiradi.

Holat bo‘yicha shu kunning o‘zida Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan «qasddan odam o‘ldirish» (JK, 97-modda 1-qismi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahrisabzda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er hibsga olindi