Shohruh G‘iyosov.
AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Uning qayd etishicha, kelib tushayotgan aksariyat savollar — ayrim fuqarolarimizning hanuzgacha karantin qoidalarini o‘yinchoq deb o‘ylab, xavf bilan hazillashib yurishganidan dalolat bermoqda.
— Savollarning asosiy mazmuni quyidagicha: fuqarolarni Yo‘l-patrul xodimlari to‘xtatib, tekshirib, go‘yo ularning bo‘lmagan kamchiliklarini qidirayotgani, taksi haydovchilariga ataylab jarima yozayotgani, avtotransportda bo‘lmasa velosipedda yurish mumkin yo yo‘qligi, go‘yo bozor yoki apteka uzoq masofada joylashgani sababli u yerga borishga qiynalib qolishayotgani, daromadi ko‘chada kira qilish bilan bog‘liq fuqarolar pulsiz qolib ketayotgani va hokazo.
Fuqarolar o‘zining va yaqinlarining sog‘lig‘ini saqlashni o‘ylashmayapti, ko‘pchilikning o‘y-xayoli — mavjud cheklovlardagi lazeykalarni qidirib, ularni aylanib o‘tib ko‘chaga chiqish.
Bu yerda nima desa bo‘ladi, agar Siz cheklovlarga rioya qilmaydigan bo‘lsangiz, cheklovlar battar kuchaytiriladi, ertaga umuman ko‘chaga chiqaolmay qolasiz. Sizga shu kerakmi?
Siz yomonlayotgan, qilmishidan kamchilik qidirayotgan yo‘l-patrul, post-patrul xizmati xodimlari tikka oyoqda 12 soatlab xizmat olib bormoqda. Ayrim xodimlar 3 sutkada bir marta, kiyimini yuvdirib-almashtirib kelish uchungina uylariga borishyapti. Profilaktika inspektorlari, ularga yordamga jalb etilgan boshqa xodimlar karantinda bo‘lgan fuqarolarning uylari tagida uyqusiz o‘tirishibdi. Ularning ham bola-chaqasi bor. Ular ham charchaydi, – dedi Shohruh G‘iyosov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi