06:00 / 04.04.2020
4 894

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan insonning yana ikki nafar qarindoshida virus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan insonning yana ikki nafar qarindoshida virus aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 3 nafarga yetdi. Ulardan biri - viloyatda dastlabki aniqlangan 14 yoshli bemorning 36 yoshli otasi va ikkinchisi – uning 16 yoshli opasidir. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda

Bemorning otasi Toshkent shahrida yashagan turmush o‘rtog‘ining akasi, koronavirus infeksiyasi tufayli 28 mart kuni vafot etgan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan. Bemorning opasi esa ukasi bilan muloqot orqali mazkur infeksiyani yuqtirib olgan.

Ayni paytda mazkur 3 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning holati o‘rta og‘ir darajada. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi va ular yashagan hudud karantinga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan insonning yana ikki nafar qarindoshida virus aniqlandi