13:50 / 04.04.2020
2 412

IIV: Velosiped, skuter va mototransport harakatiga cheklov qo‘yilmagan

IIV: Velosiped, skuter va mototransport harakatiga cheklov qo‘yilmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan joriy yilning 5 aprelidan boshlab, Toshkent shahrida velosipedlarning harakatlari to‘xtatilishi haqidagi mish-mishlar soxta, deya ma’lumot bermoqda IIV axborot xizmati.
30 mart soat 6.00dan boshlab, viloyatlar markazi, Toshkent va Nukus shahrida ahamiyati yuqori bo‘lmagan hamda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklov joriy etildi. Ammo ushbu chora-tadbir mototransport, velosiped va skuterga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovning bildirishicha, avtomobil harakati cheklanishi mototransport, velosiped va skuter egalariga tatbiq etilmaydi hamda ular maxsus ruxsatnomasi harakatlanadi.

«Ayni paytda ushbu cheklov velosiped, skuter yoki mototransport haydovchilari uchun amal qilmaydi. Ammo ular ham karantin davrida jamoat joyida bo‘lish qoidasini buzmasligi lozim. O‘rnatilgan tartibda, yuz niqobi bilan faqat oziq-ovqat, dorixona va boshqa kechiktirib bo‘lmas ehtiyojlar uchun ko‘chaga chiqish tavsiya etiladi», - dedi u.

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov avtomobil harakati cheklanishi viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun amal qilishini aytib, tumanlar ichida harakatlanish cheklanmaganini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV: Velosiped, skuter va mototransport harakatiga cheklov qo‘yilmagan