15:20 / 04.04.2020
2 922

Masofaviy ta’lim: videodarslar vaqtida o‘qituvchi va ota-onalar nimalarga e’tibor berishi lozim?

Masofaviy ta’lim: videodarslar vaqtida o‘qituvchi va ota-onalar nimalarga e’tibor berishi lozim?
Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
4 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta’limi vazirligi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Anvar Umarov maktab o‘quvchilariga karantin davrida o‘qituvchi va ota-onalar qay tarzda yordam berishi bo‘yicha savolga javob berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 1 aprelidan boshlab barcha umumta’lim maktablarida 4-chorak o‘quv jarayonlarini masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish maqsadida vazirlikning tegishli (2020 yil 31 martda 91-sonli) buyrug‘i qabul qilindi .

Unga ko‘ra, fan o‘qituvchisi, ota-onalar o‘quvchilarning masofaviy bilim olishlariga ko‘maklashishi zarurligi va bunda ularning vazifalari belgilandi.

Fan o‘qituvchisi:
O‘z ish faoliyatini masofaviy tarzda davom ettirayotgan fan o‘qituvchilari televizion dars orqali o‘quvchilarga berilayotgan uy vazifalarini ota-onalar bilan birgalikda bajarilishiga ko‘maklashadi va ularni baholab boradi. Bunda o‘quvchilarning uy vazifalari yuzasidan olgan baholari Toshkent shahrida elektron jurnalga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘qituvchilar o‘zi uchun qayd etib boradi.

Ota-onalar:
- farzandlariga televizion darslarni ko‘rish va uy vazifalarini bajarishga sharoitlar yaratib beradi;
- farzandlarining televizion darslarni o‘z vaqtida ko‘rishini nazorat qiladi;
- farzandlariga uy ishini qilishga va natijalarini fan o‘qituvchisiga yetkazishga ko‘maklashadi, shuningdek, bu borada fan o‘qituvchisi bilan hamkorlik qiladi.

Uy vazifasi:
O‘quvchilar faqat televizion darsda berilgan uy vazifasini bajaradi. O‘z ish faoliyatini masofaviy tarzda davom ettirayotgan fan o‘qituvchilari tomonidan ushbu uy vazifalarini bajarishda ko‘maklashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Masofaviy ta’lim: videodarslar vaqtida o‘qituvchi va ota-onalar nimalarga e’tibor berishi lozim?