16:30 / 04.04.2020
3 734

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch kishi yonib ketdi

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch kishi yonib ketdi
Qashqadaryo. 2020 yilning 04 aprel kuni soat 00:50 da haydovchi 28 yoshli F.Sh., “Spark” rusumli avtomashinasini Muborak tumani Sariq qishlog‘idan o‘tuvchi “4P-96” avtomobil yo‘lining 3 kilometrida boshqarib ketayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 24 yoshli F.X., boshqaruvidagi “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan.

Natijada “Spark” avtomashinasi yonib ketib, haydovchi F.Sh. va uning yo‘lovchilari, 27 yoshli B.D. va 26 yoshli A.M., lar hodisa joyda vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch kishi yonib ketdi