20:53 / 04.04.2020
3 124

BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘zbekistonga «propiska» tizimi borasida tavsiya berdi

BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘zbekistonga «propiska» tizimi borasida tavsiya berdi
BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘zbekistonda inson huquqlari tamoyillariga rioya qilinishi bo‘yicha navbatdagi hisobotini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Qo‘mita 2—3 mart kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Akmal Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan berilgan axborotni qabul qilgan holda, o‘zining xulosalarini taqdim etgan.

Unga ko‘ra, qo‘mita O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan sud tizimidagi islohotlar, bolalar va majburiy mehnatning tugatilishi kabi quyidagi muhim o‘zgarishlarni ijobiy deb baholadi:

- 2019 yilda qabul qilingan «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi;
- ayollar va erkaklar uchun turmush qurish yoshining tenglashtirilgani (18 yoshdan);
- Ombudsman huzurida milliy preventiv mexanizmning joriy etilishi va Ombudsmanning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahkumlar shikoyatini qabul qila olishi;
- Bosh prokuratura huzurida Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limlarining tashkil etilganligi;
- 2017 yilda qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» qonun;
- Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimidagi fuqarolarni hamda mehnat yoshiga yetmaganlarni paxta mavsumiga jalb etish amaliyotini tugatilishi va boshqalar.
BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘zbekiston hukumatiga qator tavsiyalar va izohlar bergan. Ularning orasida barcha korrupsion harakatlar, ayniqsa poraxo‘rlik va davlat xizmatchilari tomonidan davlat budjetini o‘zlashtirilishi holatlarini tergov qilishni ta’minlash, davlat «propiska» tizimini Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt nizomlariga to‘liq muvofiqlashtirilishini ta’minlashi lozimligi kabi tavsiyalar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat 1 aprelga qadar «propiska» tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidlab, «Fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining xohlagan joyida bemalol «propiska»ga o‘tib, xohlagan joyida bemalol ishlash bo‘yicha qonuniy imkoniyatni yaratmas ekanmiz, gap bilan bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi», — deb aytgandi.

Shuningdek, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov propiska so‘zi amaliyotdan chiqarilishini ta’kidlagan, bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov « ‘Propiska’ tizimi — bu diskriminatsiya. U bekor qilinishi kerak», deb aytgandi. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov ham «propiska» haqida gapirib, uni xalqaro huquq nuqtai nazaridan «kamsitish, ya’ni diskriminatsiya» tizimi deya baho bergandi.

Hukumatning «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy «propiska» qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi. Muhokama 31 martgacha yakunlanishi ko‘rsatilgandi, ammo shu kungacha muhokama natijalari e’lon qilinmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘zbekistonga «propiska» tizimi borasida tavsiya berdi