22:10 / 04.04.2020
5 665

Kim qancha xayriya qildi? — Eng faol tadbirkorlar va tashkilotlar nomi ma’lum bo‘ldi

Kim qancha xayriya qildi? — Eng faol tadbirkorlar va tashkilotlar nomi ma’lum bo‘ldi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshida «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga har kuni homiy tashkilotlar va saxovatpesha insonlar tomonidan xayriya mahsulotlari kelishi davom etmoqda hamda ushbu ijtimoiy yordamlar o‘z vaqtida ehtiyojmand oilalarga yetkazilmoqda.
Bu haqda Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

«Bugungi kunga qadar 20 dan ortiq saxovatpesha tashkilotlar, jumladan, «Murad buildings» kompaniyasi tomonidan 550 ta 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat jamlanma, «Paxta neft bazasi» MCHJ tomonidan 9 996 tonna va «KUKMARA» MCHJ tomonidan 504 tonna yog‘, «GLOBO EXPORT COMPONE» MCHJ tomonidan 210 kg loviya, «Tadbirkor» xususiy korxonasi tomonidan 2 tonna un va 3 tonna sabzi, «XADRA MARKET» MCHJ tomonidan 7 200 dona tuxum, Sergeli tuman Majburiy ijro byurosi tomonidan 1 200 ta tuxum, 80 kg makaron, 80 kg guruch, 80 kg shakar, 40 kg no‘xat, 40 litr yog‘ mahsuloti va 40 ta tovuq, «Chortoq» MCHJ tomonidan 26 520 dona va «SHAFFOF» xususiy korxonasi tomonidan 1 000 dona ichimlik suvi va «BEST ASHANS DVP» tomonidan 888 dona turli nomdagi salqin ichimliklar yetkazib berildi.

Shuningdek, «MEBEL HOUSE» MCHJ tomonidan 480 ta bolalar ozuqasi, 400 ta bolalar tagligi, «Keles farovon» MCHJ tomonidan 1 500 ta kosa, likopcha va piyola, 100 ta choynak taqdim etildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamini dori-darmon va gigiyena vositalari bilan ta’minlash maqsadida turli homiy tashkilotlar tomonidan 32 turdagi, jumladan, «Sog‘lom avlod» jamg‘armasi tomonidan 5 turdagi jami 18 000 ta dori vositalari, «HAVOQAND PEOPLE» MCHJ tomonidan 10 000 ta va Uchtepa tuman hokimiyati tomonidan 5 000 ta tibbiyot niqobi, «GREEN CITY va BIZNING UYLAR» kompaniyasi tomonidan 10 000 ta tibbiyot niqobi va 3 950 ta antiseptik vositalari, «AVERC» xususiy korxonasi tomonidan 1 500 ta gigiyena vositalari keltirildi.

Mazkur ijtimoiy yordam mahsulotlari birinchi navbatda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksalar va nuroniylar, doimiy ish bilan band bo‘lmagan aholi vakillariga mahalla xodimlari va volontyorlar hamkorligida muntazam yetkazib turilmoqda.

Bugun — 4 aprel kuni Bektemir tumanida 55 ta, Mirobod tumanida 62 ta, Olmazor tumanida 104 ta, Sergeli tumanida 73 ta, Uchtepa tumanida 80 ta, Shayxontohur tumanida 112 ta, Chilonzor tumanida 44 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanida 137 ta, Yunusobod tumanida 180 ta, Yashnobod tumanida 82 ta, Yakkasaroy tumanida 50 ta, jami 979 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar ro‘yxatlari shakllantirildi va «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tashkil etilgan avtomashinalarda mazkur oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Bunda shu kunga qadar qabul qilingan mahsulotlar hisobidan har bir oilaga 2 litr o‘simlik yog‘i, 2 kg guruch, 1 kg shakar, 2 kg un, 1 dona tovuq, 3 kg kartoshka, 2 kg piyoz, 2 kg makaron tarqatildi.

Bugunning o‘zida «Chortoq» MCHJ tomonidan berilgan mineral suvlarning 17 340 donasi karantindagi fuqarolar uchun markazlashgan holda tashkil etilgan oziq-ovqat omboriga, 4 560 donasi «Bo‘ston» sihatgohiga, 4 620 donasi «Botanika» sihatgohiga, «SHAFFOF» xususiy korxonasi tomonidan berilgan 1 000 dona ichimlik suvi esa «O‘rtasaroy» virusologiya markaziga topshirildi.

Markazda ish olib borayotgan Call-centre (1197 qisqa raqami)ga bugun soat 17:00 ga qadar aholi tomonidan 2057 ta (shu kunga qadar 4044 ta) murojaat kelib tushdi hamda ular tegishli tartibda mutasaddilarga taqdim etib borilmoqda.

Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan shu kunga qadar poytaxtimizdagi 3436 ta ana shu toifadagi oilaga zarur mahsulotlar yetkazildi. Jumladan, Bektemir tumanidagi 202 ta, Mirobod tumanidagi 242 ta, Olmazor tumanidagi 341 ta, Sergeli tumanidagi 360 ta, Uchtepa tumanidagi 266 ta, Shayxontohur tumanidagi 317 ta, Chilonzor tumanidagi 279 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 389 ta, Yunusobod tumanidagi 477 ta, Yashnobod tumanidagi 229 ta, Yakkasaroy tumanidagi 334 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar mazkur mahsulotlar bilan ta’minlandi.

Quvonarlisi, bu kabi homiylik xayriyalarini ko‘rsatish istagini bildirayotgan vatandoshlarimiz soni kun sayin ortib bormoqda. Biz xalqimizga yordam qo‘lini uzatayotgan saxovatpesha tashkilot rahbarlari hamda insonlarga Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi va keng jamoatchiligimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiramiz», — dedi S.Boymirzayeva.

Markaz aholining ehtiyojmand qatlamini yanada qo‘llab-quvvatlash va koronavirus epidemiyasi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida homiylik qilish istagini bildirgan shaxslarni hamkorlikka chaqirishini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kim qancha xayriya qildi? — Eng faol tadbirkorlar va tashkilotlar nomi ma’lum bo‘ldi