O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 7 nafarining avholi og‘ir. Bu haqda Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lumot berdi.
Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 85 bemorning 22 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir, deb baholanmoqda.
Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida esa jami 35 bemor davolanmoqda. Ularning 1 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
«Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir, deb baholangan bemorlar intensiv-terapiya muolajalariga o‘tkazilgan», degan Nurmat Otabekov «O‘zbekiston 24» telekanali efirida.
Qayd etilishicha, statsionar va uy sharoitida 100 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostida turibdi.
5 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 298ta holat qayd etilgan, shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzalgan, 2 kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi