3 149
Minglab fuqarolar uchun karantin muddati tugamaguncha bemorlar kamayishini kutib bo‘lmaydi – Otabekov
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar sonining kamayishi – karantinga olingan 100 mingdan ortiq fuqarolar uchun karantin muddati tugashiga bog‘liq. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
«Hozirgi vaqtda bemorlar bilan kontaktda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar soni 100 mingdan ortiq ekanini inobatga olganda, tabiyki ular orasida ham bemorlar aniqlanadi. Shu sababli karantinga olingan fuqarolarning karantin davri tugamaguncha kasallikning kamayishini kutib bo‘lmaydi», – deydi Otabekov.
Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlarning yarmidan ko‘pi virusni mamlakat ichkarisida yuqtirib olgan.
«Kechagi kun holatiga ko‘ra, aniqlangan 263 nafar bemorning 102 nafari xorijdan kelgan fuqarolar bo‘lib, ular virusni chet elda yuqtirib olgan. Qolgan 161 nafari esa virusni boshqa bemorlar bilan muloqotda bo‘lish natijasida yuqtirgan.
Bu – kasallikni jilovlash uchun muloqotni cheklash qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi», dedi Nurmat Otabekov 5 aprel kungi brifingda.
Ma’lumot uchun, 4-5 aprel kunlari yana 71ta yangi holat aniqlanib, jami bemorlar soni 298 nafarga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi