19:13 / 05.04.2020
2 152

Internet firibgarlari o‘ylab topgan lotoreyalarga ishonmang!

Internet firibgarlari o‘ylab topgan lotoreyalarga ishonmang!
Karantin sharoitida ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning ko‘payganidan foydalanib qolayotgan firibgarlar, odamlarni aldash, shaxsga doir ma’lumotlarni, elektron hisobdagi mablag‘lar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va keyinchalik g‘araz maqsadlarda foydalanishga harakat qilmoqda.

Shunday saytlardan birida lotoreya o‘yini o‘tkazilayotgani unda ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar masalan iPhone, katta miqdordagi pullar va hatto avtomobil o‘ynalayotgani haqida e’lonlar joylashtirilgan. Foydalanuvchiga elektron pochtasi o‘yinda ishtirok etish uchun tanlab olingani haqida xabar beriladi va u bir necha qisqa savollarga javob qaytarishi kerak.

Savollar esa o‘ta shubhali, Internetga telefon orqali kirasizmi yoki planshet yoki kompyuter? Qaysi elektron pochta dasturidan foydalanasiz? Qaysi elektron pochtani ishlatasiz? Qaysi brauzerdan foydalanasiz? Bir qarashda sodda, go‘yoki shubha uyg‘otmaydigan savollar, biroq uning ortida shaxsga doir ma’lumotlar, fotosuratlar, yozishmalar, elektron mablag‘lar haqidagi muhim axborotlarni o‘zlashtirish g‘oyasi yashiringan. Barcha bosqichdagi savollarga javob berganingizdan keyin, 3 ta urinishdan iborat lotoreya o‘yini boshlanadi.

Uchta sandiqchadan birini tanlaysiz va pul mukofoti yoki sovg‘a yutib olganingiz xabar qilinadi. Shundan keyin ishtirokchidan sovg‘ani olish vaqti chegaralangani hamda buning uchun muayyan daqiqalar ichida boshqa bir saytga o‘tish kerakligi xabar qilinadi. Manzilga o‘tgandan keyin foydalanuvchidan to‘lov qilish lozimligi, mablag‘lar hayriya ishlariga sarf qilinishi, shu maqsadda karta raqamlarini kiritish va uncha katta bo‘lmagan pulni o‘tkazish so‘raladi. Shu tariqa bosqchima-bosqich tarzda, ham foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari to‘planadi, bank plastik kartasi haqidagi axborotlar olinadi va u xakerlarning potensial qurboniga aylanadi.

“O‘zkomnazorat” DI Internet va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan bu kabi firibgar saytlarning lotoreyalariga aldanmaslikni, shubhali savollarga javob qaytarmaslikni, bu kabi yolg‘on xatlarni o‘chirib tashlash va do‘stlar hamda yaqinlarga ham shunday qilishni tavsiya qilishni so‘raydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Internet firibgarlari o‘ylab topgan lotoreyalarga ishonmang!