09:21 / 06.04.2020
3 260

Koronavirus kasalligi og‘ir o‘tishiga ta’sir qiluvchi omillar ma’lum qilindi

Koronavirus kasalligi og‘ir o‘tishiga ta’sir qiluvchi omillar ma’lum qilindi
Koronavirus kasalligi sog‘lig‘ida surunkali muammolarga ega bo‘lganlar va tamaki chekuvchilarda og‘ir o‘tadi.
Bu haqda AQSHning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari (CDC) ma’lumotlariga tayanib The Philadelphia Inquirer nashri xabar berdi.

AQSHda koronavirusga chalingan 7162 kishining kasalliklari haqida ma’lumotlar to‘plangan. Ochiqlangan hujjatlarda amerikalik fuqarolarning surunkali kasalliklari va zararli odatlari haqida ma’lumot bo‘lgan. Ularga ko‘ra, koronavirusga chalingan va qand kasalligiga ega 784 bemordan yarmi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 148 nafari (18,8 foiz) jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. O‘pkaning turli og‘irlikdagi kasalliklariga ega 656 bemordan uchdan bir qismidan ko‘pi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 94 nafari (14,4 foiz) jonlantirish bo‘limiga jo‘natilgan.

Yurak xastaliklariga ega 647 bemordan yarmi shifoxonaga tushgan, ulardan 132 kishi (20,4 foiz) jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Buyrak bilan muammolarga ega bo‘lganlarning uchdan ikki qismi shifoxonaga tushgan, ulardan 56 nafari (26,2 foizi) jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.

CDC materiallaridan shu narsa ayon bo‘ladiki, tamaki chekuvchilar kasallikni tamaki chekmaydiganlarga nisbatan og‘irroq o‘tkazadilar. O‘rtacha hisobda, koronavirusga chalingan tamaki chekuvchilardan chorak qismi shifoxonalarga jo‘natilgan. Biroq tibbiyotchilar tamaki chekish va koronavirus o‘rtasida bog‘liqlik borligini tasdiqlay olmaganlar, chunki statistika o‘z zararli odati haqida ma’lum qilgan 96 kishigagina asoslangan. Shu bilan birga ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasida tamaki chekishning zarari yuqoriligini xitoylik mutaxassislar tasdiqlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus kasalligi og‘ir o‘tishiga ta’sir qiluvchi omillar ma’lum qilindi