13:30 / 06.04.2020
3 098

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qanday davolash tartibi qo‘llanmoqda?

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qanday davolash tartibi qo‘llanmoqda?
AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparat sinab ko‘rilgani va samarasi ijobiy natija bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalyapti. Bu qanchalik rost?
— Ha, bu rost va TO‘G‘RI MA’LUMOT. Koronavirusni davolashda bezgakka qarshi ishlatiladigan dorilardan foydalanish SAMARA BЕRMOQDA. O‘zbekiston hududida ham aynan mana shu davolash tartibi qo‘llanilmoqda.

Mamlakatimizda bemorlarni davolash jarayonida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga, bayonnomalariga, bu borada orttirilgan xalqaro tajribaga, respublikada qo‘llanilib, ijobiy natijalar bergan davolash usullariga, har bir sohaning tajribali mutaxassislari fikriga tayanib ish tutiladi. Shu paytga qadar 30 nafar bemorning sog‘ayib shifoxonadan chiqib ketganligi esa, samarani ko‘rsatib turibdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qanday davolash tartibi qo‘llanmoqda?