18:30 / 06.04.2020
4 560

Farg‘ona koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Toshkentdan so‘ng birinchi hududga aylandi

Farg‘ona koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Toshkentdan so‘ng birinchi hududga aylandi
O‘zbekistonda hozirgacha aniqlangan 390 ta koronavirusga chalinish holatlarining 170 tasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Shuningdek, hozirgacha Farg‘ona viloyatida 64 nafar, Andijon viloyatida 61 nafar, Namangan viloyatida 48 nafar, Buxoro viloyatida 19 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar, Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, Navoiy viloyatida 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar koronavirusga chalingan fuqaro aniqlangan.

«Ular hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanmoqda. Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda», — deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha koronavirus infeksiyasi oqibatida ikki kishi vafot etdi, 30 kishi esa kasallikdan sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni vaqtda yetti nafar bemorning ahvoli og‘ir ekanligi, ulardan ikki nafari sun’iy nafas olish apparatiga ulangani ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Toshkentdan so‘ng birinchi hududga aylandi