20:30 / 06.04.2020
4 977

Farg‘onalik ayol homilasi bilan birgalikda tug‘ruq jarayonida vafot etdi

Farg‘onalik ayol homilasi bilan birgalikda tug‘ruq jarayonida vafot etdi
Farg‘ona viloyati, Yozyovon tuman, Qatortol mahalla fuqarolar yig‘ini, Hamza ko‘chasida yashagan, Nodira Sh. Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasining Tug‘ruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bilan tug‘ruq jarayonida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Nodira Sh.ning 39 haftalik homilasi bilan tug‘ruq jarayonida vafot etganligi holatida JKning 116-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi, ushbu holat yuzasidan boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan 04.04.2020 yil kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ijtimoiy tarmoqlarda “Puli yo‘q odamlarni mensimaslikmi bu? Raddomga olib kelingan homilador ayolni tug‘ishiga hech qaysi Doktor yordam bermadi! Natijada esa ayol va tug‘ilmagan farzandi raddomda vafot etdi. (Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani.)”, - degan video tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onalik ayol homilasi bilan birgalikda tug‘ruq jarayonida vafot etdi