06:25 / 07.04.2020
4 088

Samarqand ko‘chalarini suv bosdi

Samarqand ko‘chalarini suv bosdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
6 aprel kuni Samarqandda kuchli yomg‘ir sababli ko‘chalarni, uylarni suv bosdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat aks etgan foto va videolar tarqaldi.

Bunday sharoitda tibbiyot xodimlariga ikki karra og‘ir bo‘lganini yuqoridagi foto tasdiqlab turibdi: zambildagi bemor ayolni ular suv bosgan ko‘chadan olib o‘tishmoqda.

Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu haftada O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva oblasti) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kirishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, 8 aprelda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va 9 aprelda ertalab ayrim joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand ko‘chalarini suv bosdi