08:02 / 07.04.2020
3 319

Qashqadaryoda tuya so‘yilib, aholiga ehson qilindi (foto)

Qashqadaryoda tuya so‘yilib, aholiga ehson qilindi (foto)
Foto: Mirishkor tuman hokimligi
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida tuya so‘yilib, aholiga ehson tariqasida tarqatildi. Bu haqda Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Azizbek Yazdurdiyev ma’lum qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ehson tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev hamda viloyat hokimligi vakili Rashid Muhammadiyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan bo‘lib, karantin paytida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qilingan.

Foto: Mirishkor tuman hokimligi
Tuman hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, tumanda aholining go‘shtga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qora mol ham so‘yilib, qo‘shimcha 450 kilo go‘sht tibbiyot xodimlariga bepul tarqatilgan.

Foto: Mirishkor tuman hokimligi
«Karantin paytida aholining go‘sht va sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va nochor oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi jamoasi tinimsiz harakat qilmoqda», — deydi Azizbek Yazdurdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda tuya so‘yilib, aholiga ehson qilindi (foto)