10:56 / 07.04.2020
2 972

Botir Xo‘jayev bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Botir Xo‘jayev bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Botir Xo‘jayev lavozimidan ozod etildi.

«Botir Asadillayevich Xo‘jayev pensiyaga chiqishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod qilinsin.

B.A.Xo‘jayevning avvalgi lavozimi bo‘yicha belgilangan tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari saqlab qolinsin», deyiladi Vazirlar Mahkamasi qarorida.

2016 yildan Moliya vaziri lavozimida ishlagan Botir Xo‘jayev 2017 yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga o‘tkazilgan, 2019 yil yanvarida prezident farmoni bilan bu vazirlik qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylangan, Xo‘jayev vazirlik rahbari sifatida lavozimini saqlab qolgandi. 2020 yilning fevralida esa u Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimidan ozod etildi va bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Botir Xo‘jayev bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ozod etildi