17:10 / 07.04.2020
7 103

Buxoro-yu Andijon tomonlarda...

Buxoro-yu Andijon tomonlarda...
Bilasizlar, andijonliklar yangi tug‘ilgan chaqaloqni jiji deyishadi. Buxoroda ayolni kukragini jiji deyishadi. Ana endi egiz chaqaloq qilgan andijonlik ayolning buxorolik ayol bilan qilgan suhbatini eshiting va buxorolik ayolning holini tasavvur qiling:
– Kecha deng, jijimni ko‘rgani erimning o‘rtag‘lari kelishdi.
– Ibi, o‘lmasam! Eringiz nima dedi?

– Chiqarib ko‘rsat dedi.
– Ibi, o‘lib qo‘ya qolay, chiqarib ko‘rsatdingizmi?

– Ha, ko‘rsatdim. Ikkoviniyam chiqarib ko‘rsatdim.
– Sharmanda! Eringizning jo‘ralari nima qildi?

– Jijilarimga pul qistirishdi!
– Ibi, sharmanda, eringiz indamadimi?

– Jo‘ralariga ko‘proq pul qistiringlar, qurumsoqlar, dedi.
– Jijingizni yashirmadingizmi, uyatsiz?

– Voy, nega yashiraman? Jo‘ralarining qo‘liga berdim, o‘ynatib o‘tirishdi.
– Ibi, man o‘lay, ular nima deyishdi?

– Eringiz ko‘p o‘ynatadi, shekilli, ikkoviyam katta bo‘lib qolishibdi, deyishdi. Men bittasi sal kattaroq, topinglar-chi, qaysi kattaroq, dedim. Ular navbatma-navbat qo‘llariga olib ko‘rishdi, ammo topa olmadilar qaysi kattaligini. Ketishlarida hamma jo‘ralari ikkala jijimni ham o‘pib-o‘pib ketishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro-yu Andijon tomonlarda...