Jizzax viloyatida koronavirusga chalinganlar shu vaqtga qadar qayd etilmagan edi. Bugun hududda koronavirusga chalingan dastlabki bemor aniqlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan 2020 yil 7 aprel tungi soat 02:14da 6 aprel soat 12:00 holatiga Respublikamizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni va hududi to‘g‘risida bergan axborotida «Jizzax» deb ko‘rsatilgan 2 nafar bemor boshqa viloyatlarda aniqlanib davolanayotgan asli jizzaxlik bo‘lgan fuqarolardir. Ular hozir boshqa viloyatlarda davolanmoqdalar», deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farhod Ne’matov.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi koronavirusga qarshi kurash shtabining bergan oxirgi ma’lumotiga ko‘ra, 7 aprel soat 15:00 holatida Jizzax shahrida 1 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Viloyatda koronavirusning oldini olish borasidagi profilaktika ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Bu borada barcha zaruriy choralar ko‘rilayapti, deyiladi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi