13:31 / 08.04.2020
3 287

Milliy gvardiya xodimlari suvda cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi

Milliy gvardiya xodimlari suvda cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi
Kecha, 7 aprel kuni soat 9.45 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Qichqiriq” kanali atrofida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmatining xodimlarini notanish yo‘lovchi to‘xtatib, kanalda odam cho‘kayotganligi yuzasidan xabar bergan.

Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar berishicha, xodimlar tezda ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda kanal bo‘yidagi daraxtga tirmashib turgan fuqaroni suvdan arqon yordamida qutqarib olib, birinchi yordam ko‘rsatgan.

Shuningdek, fuqaro Olmazor tumanida joylashgan 6-sonli IIBga yetkazilgan. U yerda fuqaroga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilib, mas’ul psixolog xodimi tomonidan suhbat o‘tkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiya xodimlari suvda cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi