16:06 / 08.04.2020
3 702

Chiroqchida karantinga amal qilmay ko‘chaga chiqqan 2 fuqaro dahshatli YTHda vafot etdi

Chiroqchida karantinga amal qilmay ko‘chaga chiqqan 2 fuqaro dahshatli YTHda vafot etdi
Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tufayli karantin joriy etilgan. Bunda fuqarolar hayotiy zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqishlari qat’iy taqiqlangan. Lekin ba’zi fuqarolar uyda o‘tirish o‘rniga bilsa hazil, bilmasa chin qabilida karantinda ko‘chaga chiqqani yetmagandek, avtomobil boshqarishdan to‘xtamayapti. Natijada og‘ir oqibatli YTH sodir bo‘lmoqda.

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020 yil 7 aprel kuni soat 18:00 larda, Chiroqchi tumani Annaro‘z MFY Annaro‘z qishlog‘ida yashovchi X.Tulayev o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» rusumli, 70 V 501 LA davlat raqamli avtomashinasida «Annaro‘z-Oqto‘nli» yo‘lidan harakatlanib borib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar M.B va G‘.X.lar hodisa joyida vafot etgan bo‘lsa, X.T va Y.R.lar tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiroqchida karantinga amal qilmay ko‘chaga chiqqan 2 fuqaro dahshatli YTHda vafot etdi