18:35 / 08.04.2020
4 117

Samarqandlik yigit karantin payti yarim tunda “Xot–dog yeyman” deb qariyani ayovsiz kaltakladi (video)

Samarqandlik yigit karantin payti yarim tunda “Xot–dog yeyman” deb qariyani ayovsiz kaltakladi (video)
Karantin davri bo‘lishiga qaramay, o‘zining va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, bemaqsad ko‘chaga chiqayotganlar ham oramizda talaygina. Samarqand shahrida yashovchi 32 yoshli yigit tun yarmida Sartepa maskanida joylashgan “Tabiat–Saxovat” bozoriga borib, “Xot–dog, yeyman!” deb janjal ko‘taradi.

Bozor qorovuli bo‘lgan 63 yoshli Husanali Murodovdan xot–dog tayyorlab berishni talab qiladi. Kunduz kuni farzandlari bilan xot–dog tayyorlab sotuvchi qariya karantin sababli ishlamayotganligini aytadi. Bu gap yigitning jahlini chiqaradi va H.Murodovni ayovsiz kaltaklaydi. Bu holat bozor hududiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlangan. Oqibatda esa yarim kechasi karantin qoidalarini buzib, keksa yoshli odamni kaltaklagan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.

Mazkur voqea haqida “Yoshlar” telekanalining “Davr” axborot–tahliliy ko‘rsatuvida so‘z yuritildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik yigit karantin payti yarim tunda “Xot–dog yeyman” deb qariyani ayovsiz kaltakladi (video)