19:12 / 08.04.2020
3 252

Navoiyda o‘z xonadonini diskotekaga aylantirganlar aniqlandi (video)

Navoiyda o‘z xonadonini diskotekaga aylantirganlar aniqlandi (video)
Tungi soat 01.30 da Navoiy shahar markazidagi ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning birida baland ovozda yangrayotgan musiqa va shovqin–suron tungi nazoratda bo‘lgan xodimlarning e’tiborini tortdi. Buni qarangki, xodimlar ayni avjiga chiqqan bazmning "kutilmagan mehmonlari"ga aylanishdi.

Karantin paytida bir necha kishining bir joyga to‘planishi cheklangan vaqtda bu yerdagi yigit va qizlar spirtli ichimlik iste’mol qilib, sarxush holatda tungi klub manzarasini uyda yaratishga harakat qilishgan. Bu holatga o‘z vaqtida chek qo‘yildi va qoidabuzarlar jarimaga tortildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda o‘z xonadonini diskotekaga aylantirganlar aniqlandi (video)