20:51 / 08.04.2020
3 476

Qarzi bo‘lsayam uzib qo‘yilmagan xizmatlar uchun to‘lovlar qachon qilinadi?

Qarzi bo‘lsayam uzib qo‘yilmagan xizmatlar uchun to‘lovlar qachon qilinadi?
Foto: «Medialux»
Bugun AOKA shtabida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Matbuot kotibi kelib tushgan muhim savollarga javob berdi.

- Telefon, mobil aloqasi va internet xizmatlari uchun o‘z vaqtida to‘lovlar qilinmasa ham, karantin davrida 2 oy davomida to‘lov undirilmasligi, bu davrda bu xizmatlar o‘chirib qo‘yilmasligi ma’lum qilingandi. Aytingchi, ushbu to‘lovlar karantin davri tugagandan keyin yechib olinadimi?
— Respublikamiz aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari chiqarib, amalga tatbiq etilmoqda. Xususan, 24 martdan boshlab respublikamizda fuqarolar tomonidan telefon va internet aloqasi uchun o‘z vaqtida to‘lovlar qilinmasa ham 2 oy davomida bu xizmatlar o‘chirilmaydi.

Yuqoridagi xizmatlar uchun TO‘LOVLAR IKKI OYDAN SO‘NG AMALGA OSHIRILADI.

- Karantin davrida jazoni ijro etish koloniyalariga banderol va pochtalarni jo‘natish xizmatlari bormi? Bilishimizcha, pochta bu xizmatlarni to‘xtatgan ekan?
— Karantin vaqtida Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi koronavirus infeksiyasining jazoni ijro etish muassasalariga kirib kelishining oldini olish maqsadida, ularning manzili bo‘yicha kelib tushgan posilka va banderollarni qabul qilishni VAQTINCHALIK TO‘XTATGAN.

Shu sababli, «O‘zbekiston pochtasi» ham Jazoni ijro etish koloniyalarining manzillari bo‘yicha posilka va banderollarni qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatgan. Bu xizmat yo‘lga qo‘yilishi bilan alohida ma’lumot berib o‘tamiz.

- Homiylik va xayriya xizmatlarini muvofiqlashtiruvchi markaz raqami — 1197 ga murojaat qilish qiyinchilik tug‘dirmoqda. Operatorlar ko‘p vaqt band bo‘lmoqda. Bu borada nima ishlar qilinmoqda?
— Xabaringiz bor, 2020 yil 1 apreldan Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshida Homiylik va xayriya xizmatlarini muvofiqlashtirish markazi tashkil etildi. Markazda tadbirkorlar, volontyorlar, himoyaga muhtoj insonlar murojaatlarini qabul qilish uchun qisqa 1197 raqami ochildi.

Markazlar ish boshlagan kuni kuzatilgan ayrim texnik kamchiliklar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tezda bartaraf etildi. 1197 raqamiga O‘zbekiston bo‘ylab bepul qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilyapti. Murojaatchilarning qo‘ng‘iroqlariga tezkor javob berish maqsadida vazirlik tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, 4 aprel kuni Toshkent shahridagi markazga murojaatlarning ko‘paygani inobatga olinib, vazirlik tomonidan qo‘shimcha operatorlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Murojaatchilar ko‘payishiga qarab ushbu markaz imkoniyatlari kengaytirib boriladi.

1197 raqamli, har hududda tashkil etilgan markazlarga alohida-alohida xizmat ko‘rsatiladi. Masalan, fuqarolarimiz Samarqandda tashkil etilgan markazga 1197 raqami orqali murojaat etishsa, shu viloyatda tashkil etilgan markaz javob beradi.

- Onlayn maktab onlayn televizion darslarni berishni boshladi. Karantin davrida kabel televideniyesi va IPTV xizmatlari uchun to‘lovlar amalga oshirilmasa va xizmat o‘chirib qo‘yilsa nima qilamiz?
— Karantin munosabati bilan 2020 yil 30 mart kuni soat 8:30dan boshlab onlayn televizion darslar efirga uzatila boshlandi.
Karantin muddati bekor qilingunga qadar, abonentlarning qarzlari bo‘lgan taqdirda ham, ular uzib qo‘yilmaydi.

TO‘LOVLAR IKKI OYDAN SO‘NG AMALGA OSHIRILADI.
Bu borada muammolarga duch kelgan taqdiringizda vazirligimizda tashkil etilgan qisqa raqamlarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzi bo‘lsayam uzib qo‘yilmagan xizmatlar uchun to‘lovlar qachon qilinadi?