06:48 / 09.04.2020
2 573

Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi

Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi
Respublika maxsus komissiyasining 8 apreldagi qaroriga asosan, 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga DXMlar tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu qaror koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish va e’lon qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Shu sanaga qadar olingan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolindi.
Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati qisqartirilib, alohida e’lon qilinadi.

Ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, maxsus ruxsatnoma olish uchun 195 mingga yaqin ariza kelib tushgan bo‘lib, shulardan 33 mingdan ortig‘i qanoatlantirilgan, 142,5 mingga yaqin so‘rov rad etilgan, 19 mingdan ziyod ariza ko‘rib chiqish jarayonida edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi