21:10 / 09.04.2020
3 070

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston banklarini aholida hurmat uyg‘otadigan oddiy tashabbuslar bilan chiqishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston banklarini aholida hurmat uyg‘otadigan oddiy tashabbuslar bilan chiqishga chaqirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 aprel, payshanba kuni koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston bank tizimining barqaror ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, o‘tgan hafta O‘zbekistondagi 24 ta bank tashabbus ko‘rsatib, jismoniy shaxslar uchun kredit ta’tili e’lon qildi.

Prezident 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda banklar shu kabi oddiy, lekin aholida ishonch va hurmat uyg‘otadigan yana ko‘plab tashabbuslar bilan chiqishi maqsadga muvofiqligini aytgan.
«Masalan, muddati tugagan omonatlarning muddati uzaytirilib, bu haqda OAVda e’lon qilinsa, karantin vaqtida uyida o‘tirgan aholiga qulaylik yaratiladi», — deyiladi rasmiy axborotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston banklarini aholida hurmat uyg‘otadigan oddiy tashabbuslar bilan chiqishga chaqirdi