15:44 / 10.04.2020
2 319

Namanganda ham to‘rt bemor koronavirusdan sog‘aydi

Namanganda ham to‘rt bemor koronavirusdan sog‘aydi
Foto: SSV matbuot xizmati
Namangan viloyatida to‘rt nafar koronavirusni yuqtirgan fuqaro butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Solijon Mo‘minov va boshqa mas’ullar tomonidan viloyat reabilitatsiya markaziga kuzatib qo‘yildi. Kasallikdan tuzalgan fuqarolar ma’lum muddat shu yerda karantinda bo‘ladi.

Bugun mening hayotimda unutilmas sana. Xuddi qayta dunyoga kelgandek his etyapman o‘zimni, – deydi bemor.
Eslatib o‘tamiz, hozirda yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 42 nafari ushbu kasallikdan to‘liq forig‘ bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda ham to‘rt bemor koronavirusdan sog‘aydi