19:00 / 10.04.2020
4 631

Toshkentda bankomat o‘g‘rilari ushlandi (video)

Toshkentda bankomat o‘g‘rilari ushlandi (video)
Karantin davrida ko‘pchilik xayriya ishlari bilan band bo‘lsa, ammo ayrim nopok kimsalar esa ushbu vaziyatdan foydalanib, o‘g‘irlik qilish payiga tushgan.

Poytaxtimizning Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasidagi avtoshohbekatlarning biriga o‘rnatilgan plastik kartochkadagi pulni naqd qilib berishga mo‘ljallangan bankomatni o‘margan yigitlar qo‘lga olindi. To‘lov terminalining o‘zi yigirma million so‘m turadi, uning ichida esa bir million oltmish uch ming so‘m pul bo‘lgan. To‘rt shovvoz oldindan til biriktirib, voqea joyini sinchiklab o‘rganib chiqishadi.

Kuzatuv kameralari yo‘qligiga ishonch hosil qilgan holda, terminalni elektr tarmog‘idan uzishadi. So‘ngra o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomobilga yuklab, voqea joyidan g‘oyib bo‘lishadi. Terminalni buzib, ichidagi pullarni o‘zaro taqsimlab olishgach, uni suvga oqizib yuborishadi. Mazkur jinoyat haqida “Sevimli” telekanalining “Zamon” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bankomat o‘g‘rilari ushlandi (video)