00:29 / 12.04.2020
3 963

Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorlardan biri vafot etdi

Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorlardan biri vafot etdi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusdan to‘rtinchi o‘lim holati qayd etilganini ma’lum qildi.
«Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yashagan, Umra safarida bo‘lib qaytgan 59 yoshli fuqaro N.da joriy yil 25 mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Bemor (ayol) shu yili 31 mart kuni sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Bemorda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipertoniya 3-bosqich, arterial gipertenziya 3-daraja, xavf o‘ta yuqori bo‘lganligi sababli kasallik og‘ir kechib, u 12 kun davomida sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan.

Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibayev rahbarligida Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I.Liverko, yetakchi reanimatologlar D.Sobirov va X.Sattorov ishtirokida bir necha bor videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

Ammo joriy yil 11 aprel kuni kechki payt bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan. Unga qator soha mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan shoshilinch reanimatsion muolajalar ko‘rsatilgan. Lekin standart asosida olib borilgan chora-tadbirlarga qaramasdan bemor N.da o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi natijasida biologik o‘lim qayd etildi», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni bemorlar soni 98 nafarga oshib, 767taga yetdi. Ulardan 42 nafari sog‘aygan, jami 4 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorlardan biri vafot etdi