18:06 / 12.04.2020
2 422

Kattaqo‘rg‘ondagi gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar uch kishiga yetdi

Kattaqo‘rg‘ondagi gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar uch kishiga yetdi
Foto: FVV matbuot xizmati
Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan ikki qavatli uylarning birida bugun, 12 aprel kuni, soat 06:43 da portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni uch nafarga yetgan.

Bundan tashqari, yana to‘rt kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonada qolmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash «Go‘zalkent» mahallasi Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uyning birinchi qavatidagi xonadondan sizib chiqqan gaz oqibatida yuzaga kelgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Voqea joyida Samarqand FVB qutqaruvchilari va boshqa tuzilma vakillari ish olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kattaqo‘rg‘ondagi gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar uch kishiga yetdi