19:08 / 12.04.2020
2 591

O‘zbekistonda koronavirusga chalinib tuzalgan bemorlar soni 61 nafarga yetdi (foto)

O‘zbekistonda koronavirusga chalinib tuzalgan bemorlar soni 61 nafarga yetdi (foto)
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan davolanayotgan bemorlardan yana 19 nafari tuzalgani haqida ma’lum qildi.
Sog‘ayganlar Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirusga chalinib sog‘ayganlar soni 61 nafarga yetdi.

«Bu kabi samarali natijalarga erishishda, avval xabar qilganimizdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator davlatlarning nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanilayotgani, bundan tashqari, yurtimizning pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi yetuk mutaxassislari bilan telemuloqot o‘rnatilib, zarur tavsiyalarni olishayotgani, ular bir jamoa bo‘lib faoliyat ko‘rsatishayotgani muhim omil bo‘lmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni paytda O‘zbekistonda 768 kishi koronavirusdan davolanmoqda. 4 kishi vafot etgan, 61 bemor to‘liq tuzalib, reabilitatsiyaga o‘tkazilgan.
12 aprel kuni 66ta yangi holat aniqlanib, jami zararlanish holatlari 833taga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga chalinib tuzalgan bemorlar soni 61 nafarga yetdi (foto)