06:00 / 13.04.2020
6 982

Qo‘ylari bedazorni payhon qilgani uchun kaltaklangan o‘qituvchi kasalxonada jon berdi

Qo‘ylari bedazorni payhon qilgani uchun kaltaklangan o‘qituvchi kasalxonada jon berdi
Foto: Tergov departamenti
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 mart kuni soat 17:30 da Qorako‘l tumani O‘tiq-Do‘rman qishlog‘ida yashovchi, 28 yoshli B.D. «Shohjaxon chorva zamini» fermer xo‘jaligiga qarashli cho‘l hududida o‘zaro janjal oqibatida hamqishlog‘i, mahalliy maktab o‘qituvchisi 58 yoshli N.X. ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada N.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 6 aprel kuni shu yerda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, janjal, gumonlanuvchi N.X.ga tegishli bo‘lgan qo‘ylar podasi, B.D. ning beda o‘tlari ekin maydoniga kirib payhon qilganligi sabab bo‘lgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha B.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va o‘rnatilgan tartibda ushlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘ylari bedazorni payhon qilgani uchun kaltaklangan o‘qituvchi kasalxonada jon berdi