08:23 / 13.04.2020
7 559

«...Hatto yangi kelin-kuyov ham koronavirusga chalingan» (video)

«...Hatto yangi kelin-kuyov ham koronavirusga chalingan» (video)
Foto: Xabar.uz
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham aholiga murojaat qilib, «Koronavirus yuqtirganlar oramizda yuribdi, ular kimlar, soni qancha, afsuski, biz bilmaymiz», deya qayd etgan edi.
Hokim o‘z murojaatida viloyatda koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan cheklov choralariga rioya etilmayotganini tanqid qildi.

«Targ‘ibot ishlariga qaramasdan juda ko‘pchilik bu kasallikning xavfini tushunib yetmayapti. Viloyatimizda bir bemor 38 kishiga virus yuqtirdi, yana bir holatda virusga chalingan kishi 19 mart kuni o‘tkazilgan to‘y marosimiga borib, u yerda 18 kishiga kasallik yuqtirdi. Hatto yangi kelin-kuyov ham virusga chalingani fuqarolarimizning xulosa qilishi uchun yetarli bo‘lmayaptimi?», deydi viloyat hokimi.

Uning alohi qayd etilishicha, oxirgi uch kun ichida infeksiya yuqtirgan, manbasi aniq bo‘lmagan oltita holat aniqlangan. Ushbu fuqarolar bu kasallikni qachon va kimdan yuqtirib olganini bilishmaydi. Ayrim fuqarolar uylarida isitmalab, buni oddiy shamollash deb o‘ylab, o‘zlarini uy sharoitida davolashga urinmoqda. Ushbu bemorlarning ikki nafari og‘ir ahvolda, sun’iy nafas oldiradigan apparatlarga ulangan.

Viloyatda ilk holat 25 martda aniqlangan bo‘lsa, qisqa muddatda kasallanish holatlari 65taga yetgan. Bulardan 22 nafari erkaklar, 43tasi ayollar. 11 nafari 18 yoshgacha bo‘lganlar, 7 nafari 60 yoshdan oshganlar. Kasallikka chalinganlar orasida 2 oylik chaqaloq ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 13 aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani, shu jumladan, Qayqi qishlog‘i hududida qat’iy cheklovlar joriy qilinishi ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «...Hatto yangi kelin-kuyov ham koronavirusga chalingan» (video)