12:17 / 13.04.2020
2 575

Himoya niqoblari xavfli bo‘lishi mumkinmi? JSST vakili javobi

Himoya niqoblari xavfli bo‘lishi mumkinmi? JSST vakili javobi
Qanday hollarda himoya niqoblari inson uchun xavfli bo‘lishi yoki virusdan himoya qilmasligi mumkinligi haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich tushuntirish berdi.

Mutaxassisning aytishicha, COVID-19 pandemiyasi vaqtida boshqa himoya choralariga amal qilmay, himoya vositasi sifatida faqat niqoblardan foydalanish virus yuqtirish xavfini orttiradi.

Odamlarda niqoblar yetarlicha bo‘lishi kerak. To‘g‘ri maska to‘liq himoya qilmaydi. Unutmang, niqobni taqib, lekin o‘zaro masofa saqlamasdan, qo‘lni yuvmasdan yursangiz — aniq kasallikka chalinasiz. Undan tashqari, niqob ho‘l bo‘lmasligi va har 2 soatdan keyin uni almashtirish kerak, shunda siz infeksiya tarqatuvchiga aylanmaysiz“, — dedi Vuynovich.

Agar sog‘lom kishi kasal odamlar bilan bir xonada bo‘lmasa, unga niqob kerak emas. Bordi-yu, odamlar orasida bo‘lganda maska albatta, kerak, lekin uzoqroq masofada bo‘lish, maskadan ko‘ra yaxshiroq himoya qiladi, deydi ekspert.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Himoya niqoblari xavfli bo‘lishi mumkinmi? JSST vakili javobi