07:15 / 14.04.2020
6 579

Eri va to‘rt bolasi koronovirusga chalingan ayol: Ahvolimni hech kimning boshiga solmasin

Eri va to‘rt bolasi koronovirusga chalingan ayol: Ahvolimni hech kimning boshiga solmasin
Kecha Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aygani haqida avval xabar bergandik.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan. Ular 29 mart kuni shifoxongaga yotqizilgan. 56 yoshdagi fuqaro Toshkentda firmada ishlagani sababli mazkur infeksiyani yuqtirgan. 8 yoshli bola esa viloyatda dastlab mazkur kasallikka chalingan 14 yoshli bemorning ukasi bo‘lib, uning oilasidan jami 5 kishi mazkur virusni yuqtirib olgan.

Shifoxonadan kuzatilgan bolaning onasi vrach va hamshiralarga minnatdorlik bildirdi:
— Ona uchun bolalarining sog‘lig‘idan, oilasining tinchligidan ortiq baxt yo‘q. Birdaniga turmush o‘rtog‘i, to‘rt nafar bolasi shunday yomon dardga chalingan menday ayolning ahvolini hech kimning boshiga solmasin... Shifoxonada bizga barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Vrachlar va hamshiralar xuddi o‘z yaqinlarimizday g‘amxo‘rlik qilishdi. Bolamning sog‘ayishi uchun hissa qo‘shgan, oilamning qolgan a’zolari salomatligini tiklash uchun jon kuydirayotgan barcha-barchaga chin qalbimdan rahmat aytaman. Ilohim, Alloh barcha bemorlarning dardiga shifo bersin, menday onalarning, jami elimizning duolari ijobat bo‘lsin!

Og‘ir darddan shifo topgan 56 yoshli sobiq bemor esa: “Sog‘liqqa teng keladigan boylikning o‘zi yo‘q ekan, iltimos, qadrdonlar, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!” deya tilak bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur shifoxonada davolanayotgan qolgan 4 nafar bemorning ahvoli qoniqarli darajada.
Bugungi kunda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida karantinda bo‘lgan 74 nafar fuqaro uylariga kuzatildi. Kecha bu shifo maskanidan 14 kunlik karantin muddatini yakunlagan 84 bemorga ruxsat berilgan edi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan esa 7 nafar fuqaro karantin muddatini yakunlab, oilasi bag‘riga qaytdi.
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida 199 nafar fuqaro statsionar, 4811 nafar fuqaro uy sharoitida karantinda saqlanmoqda. Ularning salomatliklari qat’iy nazoratga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eri va to‘rt bolasi koronovirusga chalingan ayol: Ahvolimni hech kimning boshiga solmasin