07:38 / 14.04.2020
3 100

Toshkent viloyatida karantinda saqlangan 18 nafar fuqaroda COVID-19 aniqlangan

Toshkent viloyatida karantinda saqlangan 18 nafar fuqaroda COVID-19 aniqlangan
Foto: TASS/dpa/picture-alliance/Marcel Kusch
Yuqori Chirchiq karantin poligonida karantinda saqlangan 18 nafar fuqaroda 13 aprel kuni COVID-19 aniqlangan, shu sababli ular maxsus klinikalarga yotqizilgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi matbuot kotibi Behzod Qobulov xabar berdi.

“2020 yil 13 aprel holatiga ko‘ra, sanatoriya, lager va poligonlarda jami 8344 nafar fuqaro karantinga olingan. Xususan, Yuqori Chirchiq karantin poligonida 7579 nafar, Chirchiq harbiy poligonida 565 nafar, Qibray tumanidagi “Bo‘ston” sanatoriyasida 200 nafar shaxs izolyatsiyada saqlanmoqda.

Yuqori Chirchiq karantin poligonidan 14 kunlik karantin muddati tugagan 384 nafar fuqaroga uylariga ruxsat berildi. 18 nafar fuqaro COVID-19 tasdiqlanganligi sababli maxsus klinikalarga yotqizildi. Quyi Chirchiq tumani tug‘ruq kompleksidan 14 kunlik karantin muddati tugagan 2 nafar fuqaroga uyiga ruxsat berildi.

13 aprel kuni G‘ishtko‘prik chegara postidan o‘tgan 151 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga yuborildi. U yerga qo‘shimcha ravishda 10 nafar hamshira, 10 nafar kichik tibbiyot xodimlari safarbar etildi”, deydi Behzod Qobulov.

Uning aytishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filialida 269, Qibray tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 85, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi viloyat filialida 68, ushbu markazning Chirchiq shahar filialida 71, Oqqo‘rg‘on yuqumli kasalliklar shifoxonasida 40, Chirchiq shahridagi “Dilchehra” xususiy klinikasida 28, Piskent yuqumli kasalliklar shifoxonasida 17, Toshkent tumanidagi 21-qishloq oilaviy poliklinikasi filialida 11, Quyi Chirchiq tumani tug‘ruq kompleksida 8, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, jami 682 nafar fuqaro karantinga olingan.

“Viloyatda jami 9026 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinga olingan. Uy sharoitida 3358 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, bunda xonadonlar soni 704 ta, oilalar soni 743 tani tashkil etadi.

Shu paytgacha Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolarning 68 nafarida koronavirus kasalligi tasdiqlangan. Viloyatda doimiy ro‘yxatda turuvchi bemorlar soni 84 nafarni tashkil etmoqda. Ularning barchasi Toshkent shahridagi klinikalarda davolanmoqda.

Viloyat bo‘yicha karantinda saqlanayotgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun 220 nafar terapevt, 139 nafar reanimatolog, 88 nafar infeksionist, 151 nafar epidemiolog, jami 598 nafar shifokor, 5178 nafar o‘rta va kichik tibbiy xodimi jalb etilgan”, deydi Behzod Qobulov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida karantinda saqlangan 18 nafar fuqaroda COVID-19 aniqlangan