10:55 / 14.04.2020
3 107

Issiq ob-havo COVID-19 tarqalishini to‘xtatishi dargumon

Issiq ob-havo COVID-19 tarqalishini to‘xtatishi dargumon
Foto: Koronavirus / REUTERS
Olimlarning fikricha, yozgi issiq ob-havoning boshlanishi epidemiya rivojlanishini sekinlashtirmaydi. Vaksinani kutish bilan birga, bu tibbiy xodimlar va mutaxassislarning so‘nggi umidi edi. Yangi skeptik taxminlar issiq iqlimga ega bo‘lgan ba’zi mamlakatlardagi mavjud vaziyat, shuningdek, avvalgi tadqiqotlardagi haddan tashqari ko‘p cheklovlardan kelib chiqqan.

Amerikalik olim Devid Relman tomonidan Milliy fanlar akademiyasi uchun yangi hisobot tayyorlandi. Unda ko‘plab viruslarning, shu jumladan koronaviruslarning mavsumiy xususiyatlarini baholashga imkon beradigan juda ko‘p ma’lumotlar to‘plandi va tahlil qilindi. Xulosalarga ko‘ra, iliq ob-havo COVID-19 epidemiyasini to‘xtata olmaydi, deb yozadi Forbes'ga tayanib Kun.uz nashri.

Virusning tarqalishi iliq ob-havoda qisqarishini ko‘rsatuvchi isbotlar kuz-qish davrida ko‘payib, iliq bahor kelishi bilan sekinlashadigan grippning mavsumiy rivojlanishi modellarini kuzatish natijasida olingan. Ba’zi bir koronaviruslar ham ushbu ssenariy bo‘yicha harakat qiladi, ammo SARS-CoV-2 uchun shunday hodisalar rivojini taxmin qilish hozircha mushkul.

Darhaqiqat, ba’zi tadqiqotlar yilning iliq va nam vaqtida kasalliklar soni kamayishi mumkinligini ko‘rsatmoqda, ammo ularning barchasi bir qator jiddiy cheklovlarga ega, deya xabar qilinadi hisobot. Ushbu nuqtai nazar iliq ob-havoga qaramay, virus tez tarqalishi kuzatilayotgan Avstraliya va Eron kabi mamlakatlardagi mavjud vaziyatga ziddir.

Shunisi ham muhimki, SARS-CoV va MERS-CoV koronaviruslarining oldingi ikkita tarqalishi mavsumiylikka oid biron bir dalil ko‘rsatmadi.
Shundan so‘ng, Relman tarixiy ma’lumotlarni tahlil qildi. So‘nggi 250 yil ichida 10ta gripp pandemiyasi ro‘y berdi: ikkitasi qishda shimoliy yarim sharda boshlangan, ikkitasi yozda va uchtasi kuzda.

«Har birida kasallik tarqalishining avj olishi inson populyatsiyasida paydo bo‘lganidan taxminan olti oy o‘tgach, boshlang‘ich tarqalish mavsumidan qat’i nazar ro‘y bergan», - deya qayd etdi u.

Relmanning xulosalari yakuniy emas. Pandemiya rivojlanib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha tadqiqotlar yaqin kelajakda vaziyatning rivoji to‘g‘risida yanada ishonchli ma’lumotlarni olishga yordam beradi.

Hozircha barcha mamlakatlarda COVID-19 tarqalishini kamaytirishning asosiy chorasi o‘z-o‘zini yakkalash va ijtimoiy masofa saqlash bo‘lib qolmoqda. Matematik hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, bunday rejim yangi holatlar sonini 90 foizga kamaytirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Issiq ob-havo COVID-19 tarqalishini to‘xtatishi dargumon