3 331
Koronavirusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan joylar reytingi: Birinchi o‘rinda dorixona?!
Koronavirusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan joylar reytingi tuzildi, deydi shifokor-otorinolaringolog Vladimir Zaysev «AIF» gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, axlat tashlagani ko‘chaga chiqish 5-o‘rinda turadi. Garchi infeksiya yuqtirib olish xavfi unchalik yuqori bo‘lmasa-da, ma’lum vaqtgacha changlarda yashovchanligini saqlab qoladigan virus zarralari xavf tug‘diradi.
Itlarni sayr qildirgani tashqariga olib chiqish — 4-o‘rinda. Uy hayvonini ko‘chaga aylantirishga olib chiqqan odam ko‘pincha pod’ezd va eshik tutqichlarini ushlaydi. Ustiga-ustak, it ham virusni panjalari bilan birga uyga olib kelishi mumkin.
3-o‘rin — yoqilg‘i quyish. Zaysevning izohlashicha, yoqilg‘i quyish shohobchasidagi kolonka pistoletidan har kuni o‘nlab insonlar foydalanadi (Rossiyada — tahr.). Bu infeksiya tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Do‘konlar 2-o‘rindan joy olishdi. Xaridor virus yuqishidan saqlanishi uchun bozor va do‘konlarga niqob taqib borishi, arava tutqichlariga antiseptik bilan ishlov berishi, qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashi, iloji boricha boshqa buyumlarni, ayniqsa, qadoqlangan xaltalarni ushlamaslikka harakat qilishi zarur, deya tavsiya qiladi shifokor.
Buni qarangki, reytingdagi 1-o‘rinni dorixona egallagan. Uning aytishicha, «dorixonalarga sog‘lom odamlar kamdan-kam borishadi». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?