15:05 / 14.04.2020
2 198

Buxoro viloyatining 4-sektor rahbari Kogon shahrida narx-navo yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi

Buxoro viloyatining 4-sektor rahbari Kogon shahrida narx-navo yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi
Buxoroda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida tashkil etilgan karantin davrida aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun barcha tadbirlar ko‘rilyapti.
Xususan, viloyatning 4-sektor ishchi guruhi tomonidan narx-navoning asossiz oshib ketish holatlarini oldini olish va barcha mahsulotlar zahirasini shakllantirib borishga alohida e’tibor berilmoqda.

Kuni-kecha viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sh. Ashurov Kogon shahrida davlat soliq inspeksiyasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ullari hamkorligida hududdagi jamoat joylari va tadbirkorlik sub’ektlarida olib borilayotgan dezinfeksiya ishlari, karantin talablarining ijrosi va mahsulotlar narx-navosini o‘rganib chiqdi.

Sektor rahbari dastlab Kogon shahar “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini “Do‘stlik” ko‘chasida joylashgan “Sevinch FARM” mas’uliyati cheklangan jamiyati dorixonasida bo‘lib, bugungi kunda aholi talabi ortgan tibbiy niqoblar va antiseptik vositalar narx-navosi bilan qiziqdi. Uchrashuvda tadbirkorga ushbu mahsulotlar viloyatimizda ayni kunlarda 900 so‘mdan qimmat sotilmayotganligi tushuntirildi.

Tadbirkorga yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda narxni oshirmaslik zarurligi aytib o‘tildi.
Boshqa xuddi shunday dorixonalarga ham yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzgan holda ularga arzon narxlarda tibbiy niqoblar va antiseptik vositalarini yetkazib berishga ko‘maklashildi.

Sektor rahbari hududdagi tadbirkorlik sub’ektlarida ham bo‘lib, tadbirkorlarning muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosini oshirmaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida hududdagi yakka tartibdagi tadbirkor Norbobo Rajabbekovning savdo do‘konining tartibsizligi, savdo nuqtasi sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligi aniqlanganligi bois, zudlik bilan ushbu hududda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

Ta’kidlash lozim, karantin davrida joriy qilingan cheklovlar tufayli oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji bozordan olib kelishda qiynalayotgan barcha tadbirkorlik sub’ektlariga 4-sektor ishchi guruhi tomonidan yaqindan ko‘mak berilmoqda.
Jumladan, Kogon shahridagi “Malika market” va tadbirkor Zarina Xojiyevaga tegishli savdo do‘koniga ularning talabiga muvofiq arzon narxlarda 1 500 kilogrammdan kartoshka mahsuloti yetkazib berilgan.

Sektor rahbari ushbu do‘konlarda bo‘lib, davlat soliq organlari tadbirkorlarga bugungi vaziyatda har-qanday yordam berishga tayyor ekanligini bildirib, yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda ular ham narxlarni oshirmasliklari kerakligini uqtirdi.
E’tiborlisi, shu kuni ishchi guruhining tashabbusi va ko‘magida hududdagi barcha dorixonalarning kirish eshigi oldida antiseptik vositalar doimiy qo‘yilishi ta’minlandi.

Buxoro viloyati DSB
Axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro viloyatining 4-sektor rahbari Kogon shahrida narx-navo yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi