16:13 / 14.04.2020
4 213

Tez tibbiy yordam mashinasi “Epika” bilan to‘qnashdi (foto, video)

Tez tibbiy yordam mashinasi “Epika” bilan to‘qnashdi (foto, video)
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
IIV DYHXX tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida Toshkentda sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi va holat aks etgan videoni taqdim etdi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 14 aprel kuni soat 12:40 lar atrofida Toshkent shahar, Olmazor tumani Nurafshon-Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida chaqiruv bo‘yicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirog‘ida haydovchi G.I. “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasida harakatlanib chiqqan vaqtida yashil chiroqda kesishmadan harakatlanib o‘tayotgan haydovchi N.S. boshqaruvidagi “Epika” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.



Natijada, “Epika” rusumli transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchisi, “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur to‘qnashuv yuzasidan hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda” – deyiladi DYHXX xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tez tibbiy yordam mashinasi “Epika” bilan to‘qnashdi (foto, video)