DXX xodimlarining Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari natijasida poytaxtimizda dorixonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yib, «Regapen», «Tropikamid», «Andante», «Selofen» kabi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida guruh a’zolaridan 140 mln. so‘mlik 4211 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va taxminiy bahosi qariyb 1 mlrd. so‘m bo‘lgan 17 nomdagi 50 mingdan ortiq sifatsiz dori preparatlari musodara qilindi.
Samarqand va Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahridan bo‘lgan fuqarolardan iborat guruh a’zolari o‘zlari bilan gazli va pnevmatik to‘pponchalar, pichoqlar, kastetlar, beysbol va teleskop tayoqchalari olib yurishgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?