13:15 / 15.04.2020
2 838

Jamshid QO‘CHQOROV: Karantin bilan bog‘liq cheklovlar may oyida ham davom etish ehtimoli mavjud

Jamshid QO‘CHQOROV: Karantin bilan bog‘liq cheklovlar may oyida ham davom etish ehtimoli mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilishi yakunlari va unda qabul qilingan qaror yuzasidan onlayn brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov pandemiya tufayli yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi:

“Bugungi kunda pandemiya tarqaldi. Odamlar aziyat chekmoqda. Jahon iqtisodiyoti yuzaga kelgan vaziyat ancha murakkab. Kuni kecha Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognozlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti yil yakunlari bilan 3 foizga qisqaradi. Ya’ni – 3 foiz. Agar karantin kabi cheklovlar ikkinchi yarim yillikda davom etadigan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda yana qisqarishlar bo‘lishi mumkin.

Endi O‘zbekiston haqida aytadigan bo‘lsak, o‘tgan hafta Jahon banki o‘z prognozlarini e’lon qildi. Yurtimiz iqtisodiyoti rejadagi 5,5 foiz o‘rniga 1,6-1,8 foiz atrofida o‘sishi kutilmoqda.

Pandemiya oqibatlar butun dunyoni qamrab oldi. U oldin bo‘lgan inqirozlardan misol uchun 2008 yilgi yoki 2017 yildagidan keskin farq qiladi.

Bu talab inqirozi emas, balki taklif inqirozi ham. Shuningdek, u qaysi bir bank yoki biror bir davlatning aybi bilan vujudga kelgani yo‘q. Tabiiy fors-mojjor bo‘lmoqda.

Bu inqiroz O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir qiladi. Chunki, biz keyingi uch yilda jahon iqtisodiyotiga o‘z integratsiyamizni kuchaytir va ularning ajralmas qismiga aylandik. Eksport va importimiz ko‘paydi. Bu bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy hol, albatta.

Ikkinchi chorak bo‘yicha tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot 4,1-4,4 foiz atrofida o‘sishi kutilmoqda. Birinchi chorakda 5,3 foiz o‘sishga erishgan edik. Endi sanoatda o‘sish 4 foizni, eksport qariyb 11 foizga qisqardi va import 10 foizga kamaydi.

Oldimizda turgan muammolardan biri ikkinchi chorak biz uchun o‘ta murakkab bo‘lishi kutilmoqda. Yurtimizda yalpi ichki mahsulotning 32-33 foizi xizmat servisi bilan bog‘liq. Karantinda esa servis sohasi cheklandi.

Karantin bilan bog‘liq cheklovlar aprel oyiga to‘g‘ri keldi va may oyida ham davom etish ehtimoli mavjud”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jamshid QO‘CHQOROV: Karantin bilan bog‘liq cheklovlar may oyida ham davom etish ehtimoli mavjud