13:36 / 15.04.2020
1 969

Nurmurotov: Banklar tomonidan 16,4 trln so‘mlik kreditlar kechiktirib berildi

Nurmurotov: Banklar tomonidan 16,4 trln so‘mlik kreditlar kechiktirib berildi
Bugun, 15 aprel kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan onlayn brifingda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov karantin holatida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, iqtisodiy vaziyat, jumladan valyuta bozoridagi vaziyat haqida ma’lumotlar berdi.

«1-10 aprel kunlari 1-10 martga nisbatan to‘lov terminallari orqali tranzaksiyalar 26 foizga, birja savdolari hajmi aprel oyining dastlabki ikki haftasida mart oyining mos davriga nisbatan 28 foizga kamaygan. Tadbirkorlar va aholini murakkab vaziyatda qo‘llab-quvvatlash maqsadida banklar tomonidan 16,4 trln so‘mlik kreditlar kechiktirib berildi. Bu o‘z navbatida banklarga pul oqimi kirib kelishini cheklaydi.

Karantin yakuniga yetgan taqdirda ham iqtisodiy faollik o‘tgan yillardagi darajaga chiqishi uchun ma’lum vaqt kerak kerak bo‘ladi. Chunki o‘tgan yillar davomida aholi daromadi yiliga o‘rtacha 25 foizga o‘sib kelgan va bu o‘sish narxlarga bosim yaratgan.

Asosiy stavkaning [16 foizdan 15 foizga] pasaytirilishi inflyatsiya suratlari pasayishi bilan bog‘liq. Yil boshida 2020 yil uchun inflyatsiya ko‘rsatkichi 12-13,5 foiz bo‘lishi belgilangan edi. Joriy yilning birinchi choragida inflyatsiya 2,8 foizni tashkil qildi va bu prognozdan 0,5 foizga past.

Jahon bozorlarida energiya resurslari narxlarining pasayishi bizga ichki narxlarni oshirmasdan turib ham bozor sharoitlariga moslashtirish mumkinligini ko‘rsatyapti. Bu juda katta signal – agar ichki bozorda energiya resurslari narxlari barqaror bo‘lsa, bu boshqa mahsulotlar narxlariga ham katta ijobiy ta’sir qiladi. Energiya resurslari narxiga ko‘ra hisoblangan inflyatsiya prognozlarini ham pasaytirdik», dedi Markaziy bank raisi o‘z nutqida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmurotov: Banklar tomonidan 16,4 trln so‘mlik kreditlar kechiktirib berildi