15:25 / 15.04.2020
2 624

Vaqtinchalik propiska muddati karantin tufayli uzaytiriladi

Vaqtinchalik propiska muddati karantin tufayli uzaytiriladi
Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Akbarxon Yunusxo‘jayev vaqtinchalik propiska muddati karantin tufayli uzaytirilishi va fuqarolar javobgarlikka tortilmasligini ma’lum qildi.
«Respublikada koronovirus kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha karantin joriy qilingani munosabati bilan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatilgan. Karantin davrida vaqtinchalik ro‘yxat muddati tugaganligi pasport tizimi qoidalarini buzganlik, deb hisoblanmaydi va fuqarolar javobgarlikka tortilmaydilar.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ko‘chmas mulk sotib olish (doimiy propiskasiz) tartibi bo‘yicha savol ham kelib tushgan. Ayni vaqtda karantin sababli notarial idoralari hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatilgan va karantin tugaganidan so‘ng murojaat etish mumkin.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va amaldagi pasport muddati tugagan fuqarolarga ham biometrik pasport karantindan so‘ng rasmiylashtirilishini ma’lum qilamiz», - deydi Yunusxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vaqtinchalik propiska muddati karantin tufayli uzaytiriladi