16:43 / 15.04.2020
3 661

Qashqadaryolik shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazdi

Qashqadaryolik shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazdi
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashovchi shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazgan. Bu haqda «Daryo» nashri ma’lum qilmoqda. Ta’kidlanishicha, to‘y 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan. To‘yga 50 nafar mehmon chaqirilgan.

«Kuyovning onasi bilan suhbatlashganimizda to‘yga xonanda chaqirmadik, shunchaki, kelinni olib keldik dedi», — deydi «Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan manba. Qo‘shimcha qilinishicha, kelinning otasi M.R. tez tibbiy yordamda bosh shifokor, onasi T.X. ham shifokor bo‘lib ishlaydi. Oila tumanning «Quruvchilar» mahallasida yashaydi. Kuyovning opasi F.A. ham oliy toifali shifokor.

Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan bu xabar o‘rganilayotganini, qudalar tibbiyot xodimlari ekanligiga oydinlik kiritilishini yozgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryolik shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazdi