17:51 / 15.04.2020
3 793

Koronavirus ko‘proq kimlarga hujum qiladi?

Koronavirus ko‘proq kimlarga hujum qiladi?
Foto: «Gubdaily.ru»
Turli og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan qiynalayotgan odamlarda infeksiyalar, xususan, koronvirusni yuqtirib olish ehtimoli nihoyatda katta bo‘ladi, deyishmoqda shifokorlar.

Terapevt va pulmonolog, professor Aleksandra Karabinenkoning so‘zlariga ko‘ra, agar og‘iz bo‘shlig‘ida muammo, ya’ni kariyes, shilliq qavat yallig‘lanishi bo‘lsa, organizmga viruslar yuqish xavfi ortadi.

«Stomatit barcha infeksiyalar uchun kirish eshigi hisoblanadi», — deya ta’kidlaydi shifokor.

Surunkali og‘iz yallig‘lanishidan qiynalayotgan odamlarning ham COVID-19 ga chalinish xavfi bor, deydi laborator diagnostika klinikasi shifokori Olga Malinovskaya. Uning izohlashicha, bunday odamning immuniteti nihoyatda zaif bo‘ladi, shu tufayli infeksiya xohlagan vaqtda organizmga hujum qilib qolishi hech gap emas.

Malinovskayaning fikricha, og‘iz bo‘shlig‘i va tish bilan bog‘liq muammolarni anglab yetish odamlarni o‘zini ehtiyot qilishga va salomatligiga xavf solayotgan xavfli omillarni vaqtida bartaraf etishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus ko‘proq kimlarga hujum qiladi?