20:08 / 15.04.2020
2 879

Qarzini qurol bilan to‘lashning oqibati ayanchli tugadi

Qarzini qurol bilan to‘lashning oqibati ayanchli tugadi
O‘zbekistonda ov qurolidan foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan ruxsatnoma beriladi.
Qonunda, qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasida, tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o‘tish yoki jo‘natish, shuningdek, o‘tkazish jinoyati sodir etilganda, mazkur moddaning qismlariga qarab, bir oydan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, Jinoyat kodeksi 248-moddasining 4-qismida, ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi qayd qilingan.

Navoiy viloyati, Navbahor tumanida yashovchi fuqaro R.O. ekspertiza xulosasiga ko‘ra otish uchun yaroqli bo‘lgan, 1 dona bir milli
16 kalibrli o‘q otish ov qurolini, 2019 yilning noyabr oyining oxirlariga qadar qonunga xilof ravishda, tegishli ruxsatnomasiz yashash xonadonida yashirincha saqlab kelgan.

Shundan keyin, R.O. 2019 yilning noyabr oyining oxirlarida tegishli ruxsatnomasiz saqlab kelgan 1 dona 16 kalibrli ov qurolini fuqaro E.Kdan bo‘lgan qarzi evaziga unga sotgan, o‘z navbatida fuqaro E.K. IIB boshlig‘i nomiga ov qurolini ixtiyoriy ravishda topshirish haqida ariza bilan murojaat qilib, ov qurolini ichki ishlar organiga ixtiyoriy topshirgan, shu sababli fuqaro E.K. tergov organlari tomonidan javobgarlikdan ozod qilingan.

Fuqaro R.O.ning jinoyat ishi esa 2020 yil 18 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida ko‘rilib, unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 248-moddasining 1-qismi va 248-moddasining 3-qismi bilan, Jinoyat kodeksining 57 va 59-moddalarini qo‘llagan holda, 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqqa olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzini qurol bilan to‘lashning oqibati ayanchli tugadi